“Navbahor” futbol klubining sovrinlari 17 ta yetdi
Xabaringiz bor, o‘tgan hafta yakunida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Unda muntazam ishtirok etib kelayotgan “Navbahor” jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bu natija esa Namangan sharafini milliy musobaqalarimizda himoya qilayotgan “Navbahor” uchun o‘n yettinchi medalga aylandi. Shu o‘rinda, mazkur klubning bugunga qadar ega chiqqan yutuqlariga bir nazar tashlasak.
“Lochinlar” ortda qolgan mavsum davomida 1 ta oltin (1996 yil), 1 ta kumush (2022 yil) va 11 ta bronza (1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003 ,2004, 2018, 2023, 2024 yillar) medali, shuningdek, 3 marta O‘zbekiston kubogi (1992, 1995, 1998 yillar) hamda 1 marotaba O‘zbekiston superkubogini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot o‘rnida: milliy musobaqalarimizda medal jamg‘arishda “Paxtakor” 38 ta sovrin bilan peshqadamlik qilmoqda. “Nasaf” esa 23 ta medal bilan ikkinchi, "Navbahor" va “Neftchi” klublari esa 17 medal bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA