“Nasaf" "Paxtakor" ustidan g‘alaba qozondi
"Paxtakor" va “Nasaf” ishtirokidagi Superkubok bahsi bilan boshlangan joriy yilgi mavsum ushbu jamoalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi finali bilan yakuniga yetdi.
Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida o‘tkazilgan bahsda “Ajdarlar” 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishdi.
[gallery-4954]
E’tiborlisi, bu natija Qarshi jamoasi uchun Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini berishi bilan alohida ahamiyatga ega.
Alisher Isroilov (surat), O‘zA