Nanay ko‘prigi vaqtincha faoliyat yuritmaydi
Bo‘stonliq tumani “Nanay” MFYga olib boruvchi ko‘prik ta’mirlash ishlari sababli vaqtincha yopildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, “Chorvoq" suv ombori halqa yo‘lining 50 kilometrida joylashgan ko‘prikni ta’mirlash ishlari 7 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar davom etadi. Shu muddat oralig‘ida bu yerdagi qatnov to‘xtatiladi.
Yo‘lovchilarga esa vaqtincha “Nanay”, “Bog‘iston”, “Boladala” MFY hududlariga Burchmullo orqali borishni va boshqa xavfsiz yo‘ldan o‘tish tavsiya etiladi.
O‘zA