Namozda yig‘lash namozni buzadimi?
Ramazon o‘gitlari
Bu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomiddin Xolboyev javob beradi.
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Oxiratni o‘ylab yig‘lasa, joiz. Namozi buzilmaydi.
Dunyoviy ishlar uchun, masalan, biror musibat yoki yo‘qolgan moliga kuyinib yig‘lasa, namozi buziladi.
"Al-Muxtor lil fatvo" kitobida shunday deyiladi: "Ovoz chiqarib yig‘lash namozni buzadi, lekin jannat yoki do‘zaxni eslab yig‘lasa, namozni buzmaydi". Vallohu a’lam.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA