Namanganda yosh merganlar bellashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” majmuasida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Olti kun davom etgan musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 dan ortiq yosh sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z mahorati, aniqligi va epchilligini namoyon etib, yuqori natijalarga erishish uchun kuch sinashdi.
[gallery-28827]
Mazkur chempionat yoshlar o‘rtasida kamondan o‘q otish sportini keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularning malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, musobaqa yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ularni intizom va matonat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qildi.
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA