Namanganda yog‘och o‘ymakorligi an’analari davom ettirilmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Kelajak tongi mahallasida yashovchi Rahmatillo Abdullayev tomonidan tashkil etilgan oilaviy korxonada yog‘och o‘ymakorligi an’analari davom ettirilmoqda.
Korxonada qimmatbaho yog‘och turlaridan o‘ymakor ustunlar, eshiklar va turli bezak buyumlari tayyorlanadi. Mahsulotlar yuqori sifati va nafis naqshlari bilan ajralib turadi. Ayrim buyumlarning qiymati 3 ming AQSH dollarigacha yetadi.
[gallery-30621]
Ayni paytda korxonada 15 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan. Tayyorlanayotgan mahsulotlar ichki bozordan tashqari qo‘shni davlatlarga ham yetkazib berilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA