Namanganda mahalla raislari uchun o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar yig‘ini raislarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan 3 kunlik o‘quv-amaliy seminarlar davom etmoqda.
Namangan davlat texnika universitetida tashkil etilgan mazkur seminarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Mirzayev va Namangan viloyati hokimligi huzuridagi malaka oshirish markazi direktori R. Egamberdiyev ishtirok etdi.
[gallery-30325]
Seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar yig‘ini raislari faoliyati samaradorligini oshirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda ularning amaliy natijadorligini ta’minlashdan iborat.
O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davomida tizimli muammolarni bartaraf etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish, mahalla raislarining ilg‘or tajribalarini aniqlash, ommalashtirish va boshqa hududlarda joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur seminarlar mahalla raislarining malakasini oshirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA