Namanganda 65-xalqaro Gullar festivaliga start berilmoqda
Ayni paytda Namangan shahrida 65-xalqaro Gullar festivali munosabati bilan tashkil etilgan gullar bilan bezatilgan avtomobillar paradi boshlanish arafasida.
Festivalga tashrif buyurgan mehmonlarni qarshi olish uchun yuzlab avtomobillar turli rangdagi gullar, milliy naqshlar va zamonaviy kompozitsiyalar bilan bezatildi. Parad shahar ko‘chalariga yanada bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Tadbirda Janubiy Koreya, Xitoy, Afg‘oniston hamda qo‘shni davlatlardan kelgan rasmiy vakillar va xorijiy mehmonlar ishtirok etmoqda. Bugungi musaffo va quyoshli ob-havo ham festival shodiyonasini yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qilmoqda.
Gullar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni Namanganning o‘ziga xos go‘zalligi va festivalning xalqaro nufuzini namoyon etuvchi eng yorqin chiqishlardan biri bo‘lmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GNePYe91Cfs" title="Namanganda 65-xalqaro Gullar festivaliga start berilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir Tursunov, O‘zA