Mustaqillik – yoshlar taqdirida
Poytaxtimizdagi “Taraqqiyot strategiyasi“ markazida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashabbusi bilan “Mustaqillik – yoshlar taqdirida“ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi “Taraqqiyot strategiyasi“ markazida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashabbusi bilan “Mustaqillik – yoshlar taqdirida“ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tajribali iqtisodchilar, mutaxassislar, vazirlik tizimida ishlaydigan yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mustaqillik yillarida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda tizimli ishlarni amalga oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusning asl mohiyati ham yoshlarning barkamol unib-o‘sishi, zamonaviy ilm-fan egalari bo‘lishiga qaratilgan.

– Bugun har bir soha singari moliya tizimida ham yoshlarga keng imkoniyatlar ochilgan. Ularni qo‘llash, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish bizning vazifamiz. Mustaqillik ularga xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish imkoniyatini berdi. Tizimimizda ishlayotgan yoshlar ham Janubiy Koreya va Yaponiyaning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, tajriba oshirmoqda, – dedi moliya vaziri o‘rinbosari Shohrux Shorahmetov.
Davra suhbat davomida tizimda yarim yillikda faol ishlagan yoshlar taqdirlandi, “Taraqqiyot strategiyasi“ markazi va O‘zbekiston Moliya vazirligi o‘rtasida memorandum imzolandi. Hujjatda yilida bir marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Yosh moliyachi“ ko‘rik tanlovi va vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ortiq yoshlarning madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishdagi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash haqida gap boradi.