Muhim agrotexnik tadbir oldidan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida sho‘r yuvish agrotexnik tadbiriga yerlarni va sug‘orish tarmoqlarini tayyorlash mavzuida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, qishloq va suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari rahbarlari, klaster va fermer xo‘jaligi vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, klasterlar va fermerlar tomonidan kuz-qish mavsumida kollektor tarmoqlari va ichki ariqlarni qazib-tozalash bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. bugungi kunda ayni vazifalar joylarda samarali amalga oshirilmoqda. Ammo maxsus ishchi guruh tomonidan hududda o‘rganishlar olib borilganida, Orolbo‘yining ba’zi joylarida ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash va dala maydonlarini sho‘r yuvishga sifatli tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi.
Seminarda ayni masalada soha vakillariga topshiriqlar berildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA