Mudofaa vaziri yurak xurujiga uchradi
Peru mudofaa vaziri Xose Uerta Torres Amasonas hududiga nazorat tashrifi davomida yurak xurujidan vafot etdi.
Peru mudofaa vaziri Xose Uerta Torres Amasonas hududiga nazorat tashrifi davomida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar mahkamasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
REGNUM xabariga ko‘ra, 72 yoshli Torres Kondorkankidagi qo‘shin tayyorgarligini ko‘zdan kechirayotib hushidan ketgan.
U vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan, lekin shifokorlar uning hayotini saqlab qololmadi.
Eslatib o‘tamiz, Torres 2018 yildan buyon Peru mudofaa vaziri edi.