Mualliflik huquqlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi (+video)
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda sohalarni yanada rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Ana shu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat va Adliya vazirligi hamkorligida mualliflik huquqi hamda turdosh huquqlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida ijodkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni ochiq bayon etdi. Soha vakillari mualliflik haqini undirish, asarlarning noqonuniy tarqatilishi, ijod mahsulidan foydalanishda yuzaga kelayotgan amaliy muammolar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dc6_nuyc2s0" title="Mualliflik huquqlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA