Mourinyo: «Vinisiusni maydonda himoya qilish — hakamning vazifasi»
Bu borada Vinisiusga yordam berishimiz juda qiyin.
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Vinisius Juniorga nisbatan qo‘polliklar va hakamlarning bu vaziyatlardagi mas’uliyati haqida fikr bildirdi.
"Maydondagi va uning tashqarisidagi vaziyatni ajratish kerak. Muxlislarning munosabatiga kelsak, men irqchilik yoki gomofobiya haqida emas, oddiy haqoratlar haqida gapiryapman. Menimcha, Vinisius raqib muxlislari bilan munosabatlarda o‘zini yaxshiroq nazorat qila oladi.
Ammo o‘yin davomida zarbalar, follar, penaltilar va asta-sekin asabiylikni oshiradigan vaziyatlar uchun hakam javobgar. Hakam barcha futbolchilarni va o‘yinning o‘zini himoya qilishi kerak.
Bu borada Vinisiusga yordam berishimiz juda qiyin. Ammo safar uchrashuvlarida uning muxlislar bilan munosabati ustida ishlashimiz mumkin", - dedi Mourinyo.
«Real» navbatdagi uchrashuvini 26-avgust kuni «Real Sosyedad»ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.