Monomarkaz – kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazi ishsiz aholi, xususan, ehtiyojmand fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat faoliyatiga jalb etish borasida samarali faoliyat yuritmoqda.
Yiliga 2 ming 400 kishini o‘qitish imkoniyatiga ega markazda talab yuqori bo‘lgan qurilish, maishiy xizmat, texnik-muhandislik kabi jami 26 ta soha bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Zarur texnik vositalar, innovatsion xonalar, malakali pedagog-mutaxassislar jamoasi amaliy darslar sifatini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
[gallery-8945]
Markaz 2021 yilning iyun oyida tashkil etilgan. Uning qisqa muddatli faoliyati natijasidan ko‘rish mumkinki, bunday muassasa aholi, ayniqsa, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bandligini ta’minlashda muhim o‘ringa ega.
Mamlakatimiz Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Jahon bankining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida markazga oshpazlik va ayollar sartaroshligi bo‘yicha Turkiya davlatidan mutaxassislar jalb qilindi. Ular tomonidan tinglovchilar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA