Moliyaviy hisobot auditini tashkil etish va yakunlash xususiyatlari
Sevara Abdimo‘min qizi SAIDOVA mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqola O‘zbekiston amaliyotida xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobot auditini tashkil etish va yakunlash masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda moliyaviy hisobot auditini amalga oshirishning dolzarbligi, mazkur jarayonning me’yoriy-huquqiy asoslari tavsifi, молиявий hisobot auditida ko‘p kuzatiladigan kamchiliklar mazmuni, auditorlik xulosasida moliyaviy hisobot to‘g‘risida aks ettiriladigan ma’lumotlar hamda moliyaviy hisobot auditi natijalari umumlashtirilgan ma’lumotlar tarkibi muallif izlanishlari asosida bayon etilgan. Shuningdek, moliyaviy hisobot auditini tashkil etish va yakunlash bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar tadqiq etilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy tavsiyalar shakllantirgan.
Tayanch so‘zlar: moliyaviy hisobot, moliyaviy hisobot shakllari, moliyaviy hisobot auditi, buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar harakati to‘g‘risidagi hisobot, pul oqimlari to‘g‘risida hisobot, xususiy kapital harakati to‘g‘risida hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar, auditorlik xulosasi, moliyaviy hisobot ishonchliligi, moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari.