“Mohir fortepianochi” tanlovi g‘oliblari ishtirokida gala-konsert
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, musiqa va san’atga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami oldidan Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Zominsoy” majmuasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mohir fortepianochi” tanlovi g‘oliblari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
[gallery-31073]
Fortepiano ijrochiligi yo‘nalishida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar ishtirokidagi konsert dasturida mumtoz va zamonaviy musiqa namunalari, taniqli kompozitorlar asarlari hamda turli musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi.
Yosh ijrochilar o‘zlarining ijro mahoratini namoyish etdi. Konsert dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbirda yoshlarning musiqa va san’atga qiziqishini oshirish, iste’dodli ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida tashkil etilgan gala-konsert yosh ijodkorlarning iste’dodini keng namoyish etish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlardan biri bo‘ldi.
Jamshid YORBEKOV(surat),O‘zA