Mogadishoda ikkita portlash sodir bo‘ldi
Somali poytaxti Mogadisho shahrida ikki bor portlash sodir bo‘ldi, — deb yozadi TASS “Somali Guardian” axborot portaliga tayanib.
Harbiy tayyorgarlik markazi yaqinida uyushtirilgan birinchi hodisada terrorchi portlovchi moslamani ishga tushirishi natijasida 4 kishi halok bo‘lib, 10 nafar fuqaro jarohat oldi.
Keyingi fojea Dharkenli viloyati markazida kuzatilgan. “Shabelle Media Network” axborot portali xabariga ko‘ra, bomba o‘rnatilgan mashina portlab, bir odam jabrlangan.