Modrich: “Ronaldu 1000 ta gol urishiga shubha qilmayman”
Ayni paytda Krishtianu Ronaldu hisobida 978 ta gol mavjud.
“Milan” yarim himoyachisi Luka Modrich sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning faoliyati davomida 1000 ta gol urish maqsadi haqida fikr bildirdi.
“Krishtianu — aql bovar qilmas futbolchi. U fenomen, haqiqiy monstr. Uning 1000-golini urishiga zarracha shubham yo‘q. “Real”da birgalikda erishgan yutuqlarimiz tufayli Ronalduni alohida qadrlayman. Umid qilamanki, u bu marraga imkon qadar tezroq yetadi”, — dedi Modrich.
Xorvatiyalik futbolchining fikricha, Ronalduning yoshi ham uning gol urishda davom etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
“Oldinda uning kamida yana bir yili bor. Qancha vaqt o‘ynashni rejalashtirayotganini bilmayman, ammo xohlasa, 50 yoshida ham gol ura oladi. Unda favqulodda to‘purarlik qobiliyati bor. Eng muhimi esa — uning xarakteri va o‘ziga bo‘lgan ishonchi”, — deya qo‘shimcha qildi Modrich.
Ayni paytda Krishtianu Ronaldu hisobida 978 ta gol mavjud.