Mini futbolda yarim finalchilar nomi aniq bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizdagi «Bunyodkor» o‘quv mashg‘ulotlari maydonida DXX kubogi uchun respublika final musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
[gallery-18836]
Bugun kunning birinchi yarmida o‘g‘il va qizlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, ertaga – 23 avgust kuni yarim final bahslari (qizlar)da Andijonning «Gurkirov» jamoasi Toshkent viloyatining «Chinoz» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yana bir yarim final bahsida Jizzaxning «Arnasoy» hamda Qashqadaryoning «Qarshi» jamoalari uchrashadi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida ham chorak final bahslari nihoyasiga yetdi. Unga ko‘ra, yarim finalda «Dambog‘» (Namangan) - «Jo‘rabod» (Buxoro) hamda «Yangi avlod» (Qashqadaryo) - «O‘rikzor» (Surxondaryo) jamoalari uchrashadilar. O‘g‘il bolalar bahsi ham ertaga ertalab o‘tkaziladi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan bahslarda ham yarim finalchilar nomi aniq bo‘ladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA