Mini-futbol bo‘yicha turnir o‘tkazildi
“Notariuslar sog‘lom turmush tarafdori”shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi kubogi uchun mini-futbol bo‘yicha turnir bu yil oltinchi bora o‘tkazildi.
Turnirning hududiy bosqichlari 4 ta - “A”, “V”, “D”, “S” guruhlariga bo‘lingan holda o‘tkazilib, hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar – Qashqadaryo, Namangan, Xorazm hamda Farg‘ona viloyatlari notariuslari jamoalari finalda bellashdilar.
Qur’a tashlandi va final o‘yinlarini Xorazm va Farg‘ona viloyati jamoalari boshlab berishdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yillarda har ikkala jamoa final o‘yinlari g‘olibi bo‘lishgan. Qizg‘in va hujumkorona o‘tgan bahslarda Xorazm viloyatilik notariuslarning omadi keldi. 6:1 hisob bilan Xorazmlik notariuslar finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Final o‘yinlarining ikkinchisida Namangan va Qashqadaryo viloyati jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. 4:0 hisob bilan namanganlik notariuslar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng Qashqadaryo va Farg‘ona viloyati notariuslari 3nchi o‘rin uchun bellashdilar. Ushbu o‘yinni turnirning eng shiddatkor o‘yinlaridan biri desa bo‘ladi. O‘yinning qashqadaryoliklarning shiddatli hujumlari ostida o‘tdi. Hisob 6:2 Farg‘ona viloyati jamoasi uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.

Final o‘yinlarining eng qizig‘i Xorazm va Namangan viloyati notariuslari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu ikki jamoa ham final o‘yinining ikki taymida yuksa mahorat bilan o‘ynadilar. Xorazm viloyati notariuslari raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Uch bora Kubok sohibi Namangan viloyati notariuslari imkoniyatni boy berib, mag‘lubiyatga uchradilar. 2:1 hisob bilan Xorazm viloyati notariuslaridan tarkib topgan havaskor futbolchilar yana Kubok sohibiga aylandilar. G‘oliblarni O‘zbekiston Notarial palatasi rahbariyati qutladilar.

- Ushbu sport bayramlari notariuslar orasida muntazam o‘tkazib kelinishidan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, notariuslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona munosabatlarni kuchaytirishdan iborat,- dedi taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan Notarial palata raisi Dilshod Ashurov.
G‘oliblarga Notarial palata Kubogi, diplom, medallar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zA