Milliy terma jamoamiz Niderlandiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida iyun oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
Milliy jamoamiz dastlab mundial mezbonlaridan biri Kanada terma jamoasiga qarshi 1-iyun kuni maydonga tushadi.

O‘FA matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs 8-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi “Icahn Stadium” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Dunyoning kuchli jamoalariga qarshi o‘tadigan ushbu uchrashuvlar milliy terma jamoamizning taktik va jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, murabbiylar shtabi uchun tarkib va o‘yin uslubini yanada takomillashtirish imkonini beradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA