Milliy qadriyatlar va ekologik madaniyat uyğunligi
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş muhim ijtimoiy vazifaga aylanmoqda. Bu borada milliy qadriyatlarimizga tayaniş, asrlar davomida şakllangan tabiatga ehtirom anʼanalarini zamonaviy ekologik yondaşuvlar bilan uyğunlaştiriş alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, “yaşil” taraqqiyot tamoyillarini hayotga keng tatbiq etiş, aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda jamoatçilik faolligini oşiriş, yoş avlodda tabiatga daxldorlik tuyğusini şakllantiriş muhim yönalişlardan biri hisoblanadi.
Ana şu vazifalar ijrosiga qaratilgan tadbirlardan biri Özbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya taşkiloti taşabbusi bilan Buxoro davlat tibbiyot institutida “Asriy qadriyatlarimiz, milliyligimizga tayangan holda ekoqadriyatlarimizni tiklaş va rivojlantiriş” şiori ostida taşkil etilgan ekoforum böldi. Unda partiya vakillari, mahalliy Kengaş deputatlari, oliygoh professor-öqituvçilari hamda talabalar iştirok etdi.

– Forumda xalqimizning boy tarixiy merosida mujassam bölgan tabiatga mehr-muhabbat, yer va suvni eʼzozlaş, neʼmatlarni qadrlaş, ulardan tejamkorlik va oqilona foydalaniş kabi ezgu anʼanalarning bugungi kundagi ahamiyati atrofliça muhokama qilindi, – deydi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi deputati J.Şaripov. – Ayniqsa, milliy qadriyatlarni yoşlar ongiga singdiriş orqali ekologik masʼuliyatni kuçaytiriş, anʼanaviy hayot tarzimizdagi tabiatparvarlik tamoyillarini zamonaviy ekologik bilimlar bilan boyitiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgaça bölgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor yönalişlar va muhim vazifalar yuzasidan taqdimotlar ötkazildi.
Taʼkidlanganidek, ekologik madaniyat faqat tabiatni asraşga oid bilimlar bilan çeklanmaydi. U insonning kundalik hayoti, isteʼmol odatlari, suv va energiyadan foydalanişi, çiqindilarga munosabati hamda jamoat joylaridagi masʼuliyatida namoyon böladi. Şu bois bu boradagi tarğibot işlarini taʼlim muassasalari, mahallalar va jamoatçilik taşkilotlari bilan hamkorlikda olib boriş muhimdir.

Iştirokçilar yoş avlod qalbida tabiatga daxldorlik hissini kuçaytiriş, milliy qadriyatlar asosida ekologik masʼuliyatni şakllantiriş va bu jarayonga keng jamoatçilikni jalb etiş yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflarini bildirdi.
Ekoforumning ikkinçi qismida iştirokçilar Buxoro davlat tibbiyot institutida faoliyat yuritayotgan dorivor ösimliklarni örganiş laboratoriyasi bilan tanişdi.
Mutaxassislar laboratoriyada dorivor ösimliklarning foydali xususiyatlarini örganiş, ularni ilmiy tadqiq etiş, tabiiy şifobaxş manbalardan oqilona foydalaniş va ösimliklar boyligini asrab-avaylaş borasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy işlar haqida maʼlumot berdi.
Bu jarayonda dorivor ösimliklarning inson salomatligini mustahkamlaşdagi ahamiyati, milliy tabobat anʼanalarini ilmiy asosda rivojlantiriş hamda tabiat neʼmatlarini kelgusi avlodlar uçun saqlab qoliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Darhaqiqat, xalq tabobatida asrlar davomida qöllanib kelingan dorivor ösimliklar bugungi kunda ham muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ularni örganiş, muhofaza qiliş va ulardan meʼyor asosida foydalaniş tabiiy boyliklarni asraş bilan birga, milliy ilmiy merosimizni rivojlantirişga ham xizmat qiladi.
Ekoforum doirasidagi muhokamalar va laboratoriya faoliyati bilan tanişuv milliy qadriyatlar, ekologik masʼuliyat hamda zamonaviy ilm-fan örtasidagi uzviy boğliqlikni namoyon etdi. Eng muhimi, tabiatni asraşni faqat ayrim taşkilotlar yoki mutaxassislarning vazifasi emas, balki har bir insonning kundalik burçi sifatida anglaş zarurligi yana bir bor taʼkidlandi.
Zero, tabiatga ehtirom ajdodlardan meros qadriyat, uni asrab-avaylaş esa kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyatdir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri