Milliy an’analar sahnada jonlandi
FOTOREPORTAJ
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” mavzusida teatrlashtirilgan musiqiy-xoreografik konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, vazirlik va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, mahalla aholisi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
[gallery-28397]
Konsert dasturida institutning “To‘maris” ashula va raqs xalq ansambli, “Siy perde”, “Tarannum”, “Baldauren” ansambllari, “Turon” teatr-studiyasi hamda iqtidorli talabalar tomonidan milliy urf-odat va an’analarni ifoda etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, qoraqalpoq, o‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz va rus tillaridagi qo‘shiqlar, mumtoz kuylar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir doirasida turli musobaqalar, milliy taomlar hamda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA