Migrantning oylik jönatmasi 1 ming 850 dollar. Unga qanday erişildi?
Bu savolga Migratsiya agentligi Farğona filiali boş mutaxassisi Zayniyev Jamşid Ravşan öğli şunday javob berdi:
– Bugungi kunda Farğona viloyatidan jami 154 ming nafar fuqaro xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oşirmoqda. Ularning 86 ming nafari Rossiya Federatsiyasida, 11 ming nafari Turkiya Respublikasida, 5 ming nafari Janubiy Koreyada, 2 ming nafari Germaniyada hamda qolgan qismi boşqa xorijiy davlatlarda mehnat qilmoqda.
Xorijda mehnat qilayotgan viloyatimiz fuqarolari tomonidan yurtimizga yuborilayotgan mablağlar miqdori yuqoriligi, jumladan, bir nafar mehnat migranti hisobiga örtaça 1 ming 850 AQŞ dollari miqdorida pul ötkazmalari töğri kelayotganligi, avvalo, ularning xorijiy mehnat bozorida talab yuqori bölgan, maxsus kasbiy malaka va bilim talab etadigan, yuqori daromadli iş örinlarida faoliyat yuritayotganligi bilan izohlanadi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasidagi yirik neft-gaz kompaniyalari va taşkilotlarida viloyatimizdan 35 ming nafarga yaqin fuqaro neft quduqlarini burğilaş, quvurlarni kapital taʼmirlaş, neft-gaz uskunalariga xizmat körsatiş kabi yuqori malakali işçi kasblari böyiça mehnat qilmoqda. Jumladan, “Gazprom” AJ, “Obʼnefteremont” MÇJ, “Energiya neftegazovogo servisa” MÇJ, “GPS-2” MÇJ, “SINTERA” AJ kabi yirik taşkilotlarda işlaş imkoniyatlari yaratilmoqda. Mazkur sohalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolarning lavozimi, kasbiy malakasi va iş tajribasidan kelib çiqib, oylik iş haqi örtaça 1 500 – 3 500 AQŞ dollarini taşkil etmoqda. Bu esa fuqarolarimizning xorijda yuqori daromadli mehnat faoliyati bilan şuğullanişi va yurtimizga sezilarli miqdorda pul mablağlari yuborişida muhim omil bölmoqda.
Şuningdek, Germaniya va Janubiy Koreya kabi iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda fuqarolarimizni yuqori iş haqi tölanadigan sohalarga yönaltiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, janubiy Koreyaning Ulsan şahri hokimligi bilan hamkorlikda KOICA öquv markazida “Ulsan şahriga malakali mutaxassislarni tayyorlaş markazi” taşkil etildi. “Hyundai Heavy Industries” kompaniyasi kömagida markazga zamonaviy işlab çiqariş uskunalari olib kelindi. Bugungi kunga qadar markazda koreys tili, böyoqçilik, havoza (lesa) teriş va elektriklik kasblari böyiça tayyorlangan 605 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga işga yuborildi.
Farğona şahridagi “Wegweiser” nemis tili öquv markazining 8 ta hududdagi filiallarida 1 525 nafar yoş nemis tiliga öqitilmoqda. Şu kunga qadar markaz bitiruvçilaridan 570 nafari Germaniyada işga joylaştirilgan bölib, ular uçun oyiga 2-3 ming yevro miqdorida iş haqi oliş imkoniyati mavjud.
Germaniyaning “Consulting Uz” taşkiloti bilan hamkorlikda Farğona şahridagi “DaF Sprachzentrum” öquv markazida 800 nafardan ziyod fuqaro nemis tiliga öqitiş dasturiga jalb etildi. Markazni tamomlagan 550 nafar fuqaro Germaniyaga işga yuborildi.
Şvetsiyaning “Globogate” taşkiloti bilan hamkorlikda Farğona va Marğilon şaharlaridagi Abu Ali ibn Sino texnikumlarida tibbiyot akademiyasi taşkil etilgan. 2025-yildan buyon 328 nafar fuqaro uç yillik dastur asosida hamşiralik kasbi va nemis tiliga öqitilmoqda. Dastur bitiruvçilarini Germaniyada oyiga 2,1-3,5 ming yevro iş haqi tölanadigan iş örinlariga joylaştiriş rejalaştirilgan.
Germaniyaning “Askania Future” kompaniyasi bilan hamkorlikda Marğilon şahar 4-son texnikumida 194 nafar nomzod nemis tili va quriliş sohasi böyiça tayyorlanmoqda. Ularning 30 nafari nemis tili sertifikatini qölga kiritgan. Bitiruvçilarni Germaniyaning yirik quriliş kompaniyalariga oyiga 1,8–3 ming yevro iş haqi bilan işga joylaştiriş közda tutilgan.
Ruminiyaning “Vos Logistics International” SA taşkiloti bilan hamkorlikda 2025-yil oktabr va 2026-yil may oylarida SE toifali oğir yuk avtomobillari haydovçilari uçun tanlovlar va amaliy maşğulotlar taşkil etildi. Tanlovdan muvaffaqiyatli ötgan 43 nafar haydovçi Ruminiyaga uyuşgan holda işga yuborildi.
Yaqin Şarq mamlakatlaridagi mehmonxona va restoranlarda xizmat körsatiş sohasida işga joylaştiriş maqsadida “Perfect Academy” öquv markazida 200 nafar yoş ingliz tilini örganiş dasturiga jalb qilindi.
Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasida neft-gaz sohasida malakali kadrlarga bölgan talabni inobatga olgan holda, Qöqon şahar 1-son texnikumi va Ufa davlat neft texnikasi universiteti örtasida hamkorlik şartnomasi rasmiylaştirildi. Uşbu hamkorlik doirasida talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi, amaliy maşğulotlar, stajirovkalar hamda qöşma taʼlim dasturlarini amalga oşiriş bilan birga, Rossiyada neft quduqlarini burğilaş sohasida işlaş istagidagi nomzodlarni qisqa muddatli kasbiy tayyorlov kurslarida öqitiş belgilangan.
Şuningdek, Migratsiya agentligi, Quva tuman 1-son texnikumi va “Svarteks” taʼlim markazi örtasida ham anglaşuv memorandumi imzolangan. Memorandum doirasida neft-gaz, kimyo, quriliş, burğilaş, nasoslar, suv taʼminoti, mehnat muhofazasi va birinçi yordam yönalişlarida kasbiy taʼlimni taşkil etiş, xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni payvandçilik va boşqa işçi kasblarga tayyorlaş hamda ularni Rossiya Federatsiyasidagi yirik neft-gaz taşkilotlariga işga joylaştiriş közda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, Farğona viloyatidan xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning bir nafari hisobiga örtaça 1 ming 850 AQŞ dollari miqdorida pul ötkazmalari töğri kelayotganligi, avvalo, viloyatda mehnat migratsiyasini taşkil etişda yangi yondaşuv – fuqarolarni oddiy işçi kuçi sifatida emas, balki kasb-hunar va xorijiy tillarni puxta egallagan malakali mutaxassis sifatida tayyorlaş tizimi yölga qöyilayotganligi bilan boğliq.
Xususan, Rossiyada neft-gaz sohasida 1 500 – 3 500 AQŞ dollari, Germaniyada esa hamşiralik va quriliş sohalarida 1 800 – 3 500 yevro miqdorida oylik daromad oliş imkoniyatlari, şuningdek, Janubiy Koreya va boşqa rivojlangan davlatlarda yuqori haq tölanadigan iş örinlariga joylaştiriş işlari fuqarolarimizning daromad manbalarini kengaytirmoqda.
Natijada xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning nafaqat şaxsiy va oilaviy farovonligi oşmoqda, balki ular tomonidan Özbekistonga, xususan, Farğona viloyatiga yuborilayotgan pul ötkazmalari hajmining ortişiga ham xizmat qilmoqda.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), ÖzA