Metsenatlik faoliyati jamiyatda maʼnaviy, madaniy muhitni yuksaltirişga kömaklaşadi
“Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi hamkorligida Özbekiston Respublikasining “Metsenatlik töğrisida”gi Qonuni ijrosini örganiş va uni yanada takomillaştiriş masalalariga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda sohada amalga oşirilayotgan islohotlar va mavjud huquqiy bazaning ahamiyatiga töxtalib ötildi. Uşbu qonunning amaldagi ijro holati, uni amaliyotga tatbiq etiş jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar atrofliça tahlil qilindi.
— “Metsenatlik töğrisida”gi qonun 2019-yil oktabrda qabul qilingan bölib, madaniyat, sanʼat, taʼlim, ilm-fan va madaniy meros sohalarini homiylik va metsenatlik orqali qöllab-quvvatlaş munosabatlarini tartibga soladi, — deydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi Oydin Abdullayeva. — Mazkur hujjatning asosiy maqsadi madaniyat, sanʼat, taʼlim va ilm-fan taşkilotlariga moddiy va boşqa xil kömak beriş hamda metsenatlar uçun soliq imtiyozlari va boşqa preferensiyalarni joriy etiş orqali uşbu faoliyatni rivojlantirişdan iborat. Madaniy, maʼrifiy sohalarni rivojlantiriş va rağbatlantiriş partiyamizning Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalardandir. Şundan kelib çiqib, uşbu qonun ijrosini örgangan holda amaliy takliflar işlab çiqiş rejalaştirilgan.

Taʼkidlanganidek, “Metsenatlik töğrisida”gi qonun ijrosi Samarqand, Xorazm va Farğona viloyatlari misolida atrofliça örganildi. Natijada sohadagi mavjud böşliqlarni bartaraf etiş va qonunçilikni yanada takomillaştirişga qaratilgan 9 turdagi asoslantirilgan takliflar işlab çiqilib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasiga taqdim etilgan.
Muhokamalarda mutaxassislar metsenatlik faoliyatini yanada rağbatlantiriş, qonun normalarini amaliyotda samarali va töliq qöllaş, şuningdek, sohada uçrayotgan tösiqlarni bartaraf etiş yuzasidan öz taklif-tavsiyalarini bildirdilar.
M.Komilova, ÖzA