Messi yozda "PSJ"ga o‘tishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi yozda PSJ bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda RMC Sport jurnalisti Daniel Riolo xabar qilmoqda.
"Messi keyingi yil PSJga o‘tadi, men hazillashmayapman, u PSJga o‘tadi", - deya aytib o‘tdi Riolo.
Messi va "Barselona" o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2021 yil iyunida yakuniga yetadi, futbolchi yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan muzokaraga kirishishi mumkin.
O‘tgan yozda Messi "Barselona"dan ketishi haqida ma’lum qilib, klub rahbariyatiga transfer masalasida rasmiy so‘rov ham yuborgan. Biroq kataloniyaliklar uni qo‘yib yuborishmadi.