Messi va Mbappe penaltisiz gollar bo'yicha JCH tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 2-o'rinni bo'lishib turibdi
Har ikkala yulduz hisobida ham 14 tadan gol mavjud.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatlari tarixida penaltini hisobga olmaganda eng ko'p gol urgan futbolchilar reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Har ikkala yulduz hisobida ham 14 tadan gol mavjud. Braziliyalik afsona Ronaldoda ham xuddi shuncha gol bor.
Penaltisiz gollar bo'yicha turnir tarixidagi mutloq yetakchi germaniyalik Miroslav Kloze bo'lib turibdi — uning hisobida 16 ta gol bor. Avvalroq Messi gollari sonini 18 taga yetkazib, umumiy to'purarlar poygasida Klozedan o'zib ketgan edi.
JCH tarixida penaltisiz eng ko'p gol urgan to'purarlar:
| O'rin | Futbolchi | Jamoasi | O'yinlar | Gollar |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Miroslav Kloze | Germaniya | 24 | 16 |
| 2 | Lionel Messi | Argentina | 28 | 14 |
| 2 | Ronaldo | Braziliya | 19 | 14 |
| 2 | Kilian Mbappe | Fransiya | 16 | 14 |
| 5 | Gerd Myuller | Germaniya | 13 | 13 |
| 5 | Jyust Fonten | Fransiya | 6 | 13 |