Messi terma jamoadagi faoliyatini yana “MetLife”da yakunladi
2016 va 2026. Bir stadion — “MetLife”, ikki alamli final va Messining terma jamoa bilan ikki xayrlashuvi.
Argentina terma jamoasi afsonasi Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi. Qizig‘i, argentinalik futbolchining terma jamoa bilan bog‘liq ikki og‘riqli xayrlashuvi ham AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “MetLife” stadionida yuz berdi.
2016-yilda Argentina Amerika kubogi finalida Chiliga penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 0:0 hisobida tugagan, Messi esa penaltilar seriyasida o‘z imkoniyatidan foydalana olmagandi. Shundan so‘ng u terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan, biroq keyinchalik qarorini o‘zgartirib, milliy jamoaga qaytgan.
Oradan o‘n yil o‘tib, Messi yana aynan “MetLife”da Argentina safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. JCH-2026 finalida Argentina Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng Messi bu safar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qat’iy qaror qildi.
Messi Argentina bilan 2022-yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024-yillardagi Amerika kubogi, 2022-yilgi Finalissima hamda 2008-yilgi Olimpiada g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
2016 va 2026. Bir stadion — “MetLife”, ikki alamli final va Messining terma jamoa bilan ikki xayrlashuvi.