Merganlarimiz Osiyo kubogida 6 ta medalli bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida stenddan otish bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogi bahslarida mamlakatimiz sportchilari munosib natijalarga erishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi merganlari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Qit’a chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Behruz Sharapov musobaqaning skit dasturida ayni paytda qit’aning eng kuchli sportchilaridan biri ekanini yana bir karra ko‘rsatdi.


Osiyo kubogi davomida hamyurtlarimizdan Behruz Sharapov, Daniil Jalnin, Ernest Sattarov uchligi jamoaviy skit dasturida, Azamat Qayumov, Shohruh Sadirov, Ohunjon Abduqodirov trap dasturida va Bekzod Abdurahimov skit yo‘nalishining yakkalik dasturida kumush medalga, Azamat Qayumov trap yo‘nalishining yakkalik hamda Bekzod Abdurahimov, Georgiy Popov, Timur Yenaliyev uchligi dabl trap yo‘nalishida bronza medallariga egalik qilishdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA