Meloni rus televideniyesida haqoratlandi(mi)?
Italiya RF elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Euronews” nashri. Ta’kidlanishicha, bunga Rossiya televideniyesi boshlovchisining bosh vazir Jorja Meloniga nisbatan aytgan haqoratli so‘zlari sabab bo‘lgan. Rasmiy Rim bu chiqishni “juda jiddiy va qabul qilib bo‘lmas holat” deb baholadi.
Italiya tashqi ishlar vaziri Antoniu Tajfni Rossiya elchisi Aleksey Paramonovga rasmiy norozilik bildirilganini ma’lum qildi. Teleboshlovchi Vladimir Solovyov efirda Melonini keskin va haqoratomuz iboralar bilan talqin qilgani katta rezonansga sabab bo‘ldi.
Hatto muxolifat vakillari ham bu chiqishni qoraladi. Ular bunday bayonotlarni nafaqat shaxsga, balki butun Italiya davlat institutsiyalariga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholadi. Rasmiylar siyosiy tanqid bilan shaxsiy haqorat o‘rtasidagi “chiziq” buzilmasligi kerakligini ta’kidlamoqda.
Rim va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar allaqachon tarang edi. Italiya Ukrainaga ochiq qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatayotgani bu ziddiyatni kuchaytirgan, so‘nggi voqea esa diplomatik keskinlikni yanada oshirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA