Mehribonlik uyida konstitutsiya bayrami
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan musobaqada 5 ta guruh, jami 68 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida sport texnikalari – karting, mototsikl ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar, Bosh qomusimiz moddalariga atalgan she’rlar, musiqiy sahna chiqishlari namoyish etildi. “Zukko bilimdon” tanlovida ularning huquqiy bilimi sinovdan o‘tkazildi.
[gallery-339]
Tadbir so‘ngida musobaqa g‘oliblariga “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, barcha tarbiyalanuvchilarga shaxmat-shashka, yig‘ma o‘yin to‘plamlari tuhfa etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA