“Medion innovation” yangi klinikasi ish boshladi
Poytaxtimizda “Medion innovation” klinikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Senat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tibbiyot xodimlari, xorijiy mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda ta’kidlanganidek, mazkur muassasa 50 o‘rinli, shundan 10 tasi reanimatsiya bo‘limiga mo‘ljallangan bo‘lib, asosan kardioxirurgiyaga ixtisoslashgan va yana bu yerda 20 tibbiy yo‘nalishda xizmat ko‘rsatiladi.Shuningdek binoda tibbiy markaz, fitnes markazi, o‘quv markazi,kichik restoran faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozir shifokorlar soni 40 nafarni tashkil etmoqda. Butun markaz xodimlarining umumiy soni yil oxirigacha 105 nafarga yetishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, muassasada Rossiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Ukraina davlatlaridan kelgan mutaxassislar ham faoliyat yuritadi hamda bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda qatnashadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA