Maydon egalari final bosqichiga yoʻllanma oldi
Nukusda “Universiada-2019” sport musobaqasining basketbol boʻyicha hududiy saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Nukusda “Universiada-2019” sport musobaqasining basketbol boʻyicha hududiy saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan oʻgʻil-qizlar jamoalari kelgusi bosqichga yoʻllanma uchun bahs olib bordilar.
Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida qizlar jamoalari musobaqalashdi. Barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan maydon egalari gʻalaba qozonib, final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻgʻil bolalar jamoalari oʻyinlari qiziqarli oʻtdi. Ushbu musobaqada ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari talabalaridan tashkil topgan jamoa birinchi oʻrinni egalladi.




