Marokashda AQSH elchixonasi quriladi
Marokash va Isroil o‘zaro munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda Donald Tramp tvitterdagi sahifasida ma’lumot berib, ikki davlatning bunday qarorini Yaqin Sharqdagi ahamiyatli hodisa deb atagan.
Bundan tashqari, Tramp AQSH Marokashning G‘arbiy Saxaradagi suverenitetini tan olishini ma’lum qilib, Marokash bilan iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish uchun bu yerda shtatlarning elchixonasi qurilishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning o‘zida Isroil Sudan, Birlashgan Arab amirliklari va Bahrayn kabi arab davlatlari bilan munosabatlarin yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishdi.