Markaziy Оsiyo voha davlatlarida islomiy huquqiy munosabatlarning shakllanishi va qozilik institutining tarixiy o‘rni
Azizbek Amiriddin oʻgʻli UNGALOV doktorant tarix fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: azizbek.ungalov111111@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo voha davlatlarida islomiy huquqiy munosabatlarning shakllanishi va qozilik institutining tarixiy o‘rni tahlil qilingan. Islom huquqining mintaqada mahalliy odat, shahar boshqaruvi, mulkiy munosabatlar, madrasa, vaqf va muftiylik amaliyoti bilan uyg‘un holda rivojlangani asoslangan. Buxoro, Samarqand, Xorazm, Termiz, Farg‘ona va Marv kabi markazlarda hanafiy fiqhi huquqiy munosabatlarning nazariy asosini, qozilik esa uning amaliy ijro mexanizmini tashkil etgani ko‘rsatib berilgan. Qozilik instituti voha jamiyatlarida mulk, savdo, oila-nikoh, meros va jamoaviy nizolarni tartibga soluvchi muhim ijtimoiy-huquqiy institut sifatida baholangan.
Tayanch so‘zlar: islomiy huquq, qozilik instituti, Markaziy Osiyo, voha davlatlari, hanafiy fiqhi, shariat, odat huquqi, madrasa, vaqf.