Markaziy Osiyo tarixida - falakkiyot ilmi (+video)
Ma’lumki, G‘arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV— XVII asrlarni Renessans — Uyg‘onish davri nomi bilan yuritadilar.
Biroq ko‘pchilik mualliflar Sharqda shunday jarayon bo‘lganligidan ko‘z yumadilar. Holbuki, IX—XII asrlarda Markaziy Osiyoda Yevropadan bir necha asr ilgari madaniy yuksalish yuz berganligini hech kim inkor eta olmaydi.
"Tarix haqiqatlari" loyihasining bu galgi sonida Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi Saidbahrom Azizov XI - XV asrlarda Markaziy Osiyoda turkiy gumanitar yozma yodgorliklarda falakkiyot ilmining rivojlanishi haqida batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/I2eNX04p7q4" title="Markaziy Osiyo tarixida - falakkiyot ilmi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA