Markaziy Osiyo ochiq chempionati nihoyasiga yetmoqda
Avval xabar qilinganidek, Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida (U17) Markaziy Osiyo ochiq chempionati nihoyalab bormoqda.
Bugun kunning birinchi yarmida qizlar o‘rtasida +71 kg. vazn toifasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuvda hamyurtimiz Mohinur Esonboyeva ikkikurash natijasiga ko‘ra, 187 kg. tosh ko‘tarib, g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar turkmanistonlik Gurbango‘zal O‘rozova (133 kg.) va qirg‘izistonlik Aida Baigasheva (126 kg.)ga nasib etdi.
Musobaqa doirasida 15 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari ham bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat chempionati bahslarida Hulkar Ro‘ziqulova (184 kg.), Shabnam Jamolova (161 kg.) va Gulzoda Temirova (139 kg.)lar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
[gallery-17962]
Kunning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo chempionatida 81 kg. hamda +81 kg. vazn toifalarida ham bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA