Mariya Timofeyeva Meksikada porlamoqda
Meksikaning Yukatan shtati Merida shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirda mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva asosiy to‘rga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Mariya musobaqaning saralash bahslari 1/2 final bosqichida argentinalik Martina Taborda Kapurroni 6:4, 6:1, asosiy to‘rga yo‘llanma beruvchi final bahsida yana bir argentinalik tennischi Mariya Lurdes Karlni 6:3, 6:3 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, Mariya nufuzli musobaqaning asosiy to‘r bahslari ilk davrasida polshalik Magdalena Frenx bilan kuch sinashadi. Bahs 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA