Mario Balotelli Italiya terma jamoasining muammolari haqida gapirdi
Hozirgi zamonaviy yoshlar futboldan ko‘ra ko‘proq telefon ko‘rishni afzal ko‘rishmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ittifoq" klubi hujumchisi Mario Balotelli Italiya milliy terma jamoasining muammolari haqidagi savollarga javob berdi.
"Hozir men futbolchilarda terma jamoaga nisbatan aynan menda bo‘lgan his tuyg‘ularni ko‘rmayapman. Hozirgi zamonaviy yoshlar futboldan ko‘ra ko‘proq telefon ko‘rishni afzal ko‘rishmoqda. Shu sababdan ham yangi iste’dodlarni topish kun sayin muammoga aylanib boryapti", - dedi super Mario.
Ma’lumot uchun, aynan Balotelli Italiya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi so‘nggi goliga mualliflik qilgan edi.