Ma’naviyatimiz sarchashmalarini yod etib
Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan «Ma’naviyatimiz sarchashmalari» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Badiiy kechada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdimurod Tilovov, shoir Abdumajid Azimov va boshqalar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning sara asarlaridan namunalar o‘qib, yig‘ilganlarga allomalar hayoti va ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etdi.
Tadbir vebinar ko‘rinishda ham tashkil etilgan bo‘lib, agentlikning viloyat bo‘limlari ham kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
– Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburni bilish, ularning asarlarini mutolaa qilish har bir o‘zbekning burchi, – deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori maslahatchisi Jumanazar Meliqulov.
– Har birimiz qaysi sohada faoliyat yuritmaylik, albatta, Hazrat Navoiy va Bobur asarlarini o‘qishga ehtiyoj sezishimiz, ularning qoldirgan boy ma’naviy merosidan bahramand bo‘lishga intilishimiz zarur. bugungi tadbir aynan ana shu maqsadda tashkil etildi.
[gallery-1122]
Allomalar hayoti va ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan savol-javoblar viktorinasida g‘olib bo‘lgan agentlik xodimlari rahbariyat va mehmonlar tomonidan taqdirlandi.
D.Mamatova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA