Malika Jumayeva Osiyo chempioni bo‘ldi
Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tayotgan XVII Osiyo chempionatida hamyurtlarimizdan tashqari Avstraliya, Bangladesh, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, Qatar, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston, Birlashgan Arab Amirliklari hamda FIDE bayrog‘i ostida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar g‘oliblik uchun dona surmoqda.
Musobaqa jadvaliga asosan chempionatning blits yo‘nalishida kuchlilar saralandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 9-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Malika Jumayeva musobaqada g‘olib deb topilib, Osiyo chempioniga aylandi.
Sh.Suyarov, O‘zA