Mahallalarning faol yoshlari taqdirlandi
Nukusda “Mahalla–mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Nukusda “Mahalla–mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish uchun tashkiliy qoʻmita aʼzolari shahar va tumanlarga biriktirildi. Natijada jami 2500 nafar yoshning ishtiroki taʼminlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi toʻrt shart asosida oʻtkazildi. Qiziqarli va mazmunli bahs-mulohazalarga boy boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlov yakuniga koʻra birinchi oʻrinni Qoraoʻzak tumani “Qutlugʻ makon” mahalla fuqarolar yigʻinining “Qutlugʻ makon“ jamoasi, ikkinchi oʻrinni Chimboy tumani “Pashenttogʻ” ovul fuqarolar yigʻining “Ayaziy” jamoasi, uchinchi oʻrinni Xoʻjayli tumani “Samankoʻl” ovul fuqarolar yigʻini “Qamish sholi yoshlari” jamoasi egalladi.
Gʻoliblar va faol ishtirokchilar Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.