Mahallalarda yashil maydonlar barpo etilmoqda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Urganch tumanidagi G‘alaba mahallasida kuzgi ko‘chat ekish tadbirlarini tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi.
[gallery-20351]
Seminarda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etib, vohaning har bir mahallasida yashil maydonlar barpo qilish borasida so‘z yuritdi. Yangi tashkil etilgan “Mahalla bog‘i” hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki oilaga biriktirib berildi. Bu orqali mazkur oilalarning iqtisodiy imkoniyatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA