Mahallalar jamoalari “Zakovat”da bellashmoqda
Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman va shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda jamoaviy muhitni mustahkamlab, aholining intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan musobaqaning Termiz tumani bosqichida mahallalarning eng zukko jamoalari o‘z bilimi, jamoaviy hamkorlik ko‘nikmasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Har bir jamoa bellashuvning turli savollariga tezkor, aniq va lo‘nda javob berish uchun bilim va tafakkurini namoyon etdi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida “Uchqizil” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, bellashuvning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rinni Yangi hayot va uchinchi o‘rinni Orar mahallasining bilimdon jamoalari egalladi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri