Mahallada ichki yo‘llar yangilanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanidagi Tuman mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ilgari chang va loydan iborat bo‘lgan ichki ko‘chalar bugun zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalari, tuman hokimligi hamkorligi hamda Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu yirik loyiha doirasida 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada mahalladagi 5 kilometr ichki yo‘llar to‘liq yangilanmoqda.
[gallery-29252]
Amalga oshirilayotgan ishlar aholi uchun sezilarli qulaylik yaratib, mahallaning obod qiyofasini yanada yaxshilayotir. Fuqarolar bunday islohotlardan mamnun ekanini bildirmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA