Magʻlubiyat alami olindi
Tojikistonning Xoʻjand shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻsmirlar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvining ikkinchisi boʻlib oʻtdi.
Tojikistonning Xoʻjand shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻsmirlar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvining ikkinchisi boʻlib oʻtdi.
Olim Shokirov murabbiyligida toʻp surgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi raqiblarini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Uchrashuvda Shahzod Akromov va Poʻlatjon Jumaxonov raqib darvozasini ishgʻol etgan boʻlsa, tojikistonlik Xurshed Davlatzoda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz: 21-sentyabr kuni Tojikiston oʻsmirlar jamoasiga qarshi oʻtgan ilk uchrashuvda futbolchilarimiz 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygandi.