Ma’naviy yuksalish maskani
Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-akademik litsey axborot-resurs markazida o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda.
Intellektual salohiyatni oshirish uchun barcha sharoit yaratilgan markaz 10 mingga yaqin kitob fondiga ega. Davriy matbuot nashrlari, elektron qo‘llanma va darsliklar hamda “ZiyoNET” axborot tarmog‘iga ulangan komputerlar o‘quvchilar ixtiyorida. Markazda bolalarning ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirish maqsadida turli tadbirlar, taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkaziladi.