Liviyada yangi neft va gaz zaxiralari topildi
Liviya milliy neft korporatsiyasi mamlakat janubi-g‘arbidagi "Gadames" havzasida yangi neft va gaz koni topilgani haqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, quduq 8440 fut chuqurlikda burg‘ulangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti qatlamlaridan kuniga taxminan 327 barrel kondensat qazib olinadi.
“Gadames” havzasi Liviya, Jazoir va Tunis bilan chegaradosh hududda, Tripolidan taxminan 600–620 km uzoqlikda joylashgan. U muhim uglevodorod zaxiralari tufayli Shimoliy Afrikadagi eng yirik neft va gaz qazib oluvchi mintaqalardan biri hisoblanadi.
Neft va gaz eksporti Liviyaning asosiy daromad manbai hisoblanadi, biroq so‘nggi yillarda ishlab chiqarish mojaro va siyosiy beqarorlik tufayli qayta-qayta to‘xtab qolgan.
G.Sattorova, O‘zA