Latibjonov Rahmatillo Abdurashid o‘g‘lining psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Malaka oshirish kursi tinglovchilarining kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda trening texnologiyalaridan foydalanish (amaliyotchi psixologlar misolida)” mavzusida
Latibjonov Rahmatillo Abdurashid o‘g‘lining 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Malaka oshirish kursi tinglovchilarining kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda trening texnologiyalaridan foydalanish (amaliyotchi psixologlar misolida)” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi DSc.01/2025.27.12.R.03.02. raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 2-may kuni soat 11:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy. Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871)276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz