Indoneziya elchisi: Kompaniyalarimiz Qorabog‘ni tiklashda faol ishtirok etadi
Indoneziyaning Ozarbayjondagi elchisi Berlian Xelmi aytishicha, sport va madaniyat sohalaridagi hamkorlik ushbu ikki davlat uchun muhim yo‘nalishlardir. Har ikki mamlakat o‘zaro madaniyat targ‘ibotini kuchaytirish muhim, deb hisoblaydi.
Bu haqda “AzerTAJ” axborot agentligi yozgan.
– Ozarbayjon va Indoneziya turli tadbirlar tashkil etish orqali bir-birining madaniyatini yanada kengroq targ‘ib qilishni rejalashtirgan, – deya qo‘shimcha qildi elchi. – Hamkorligimizning yana bir muhim yo‘nalishi – Indoneziya kompaniyalari Qorabog‘ mintaqasini qayta qurish va tiklashdagi ishtiroki ham davom etadi.
A.Mamatov, O‘zA